35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

QARSHIOBOD MAHALLASIDAGI MAKTABLARDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganishlar davom etmoqda.

🔍 Shu maqsadda xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Eliboyev tomonidan Qarshiobod mahallasidagi maktablarda o‘rganish ishlari olib borildi.

🔔O‘rganish davomida maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, bitiruvchilarning oliy ta’limga kirish ko‘rsatkichlari hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, ta’lim sifati va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6