35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

XALQ BILAN BIRGA — MUAMMOLARGA YECHIM, TARAQQIYOT SARI QADAM!

Xalq bilan birga” umummilliy dasturining “Deputat mahallada” loyihasi doirasida Yunusobod tumanidagi “Qadrdon” MFYda saylovchilar va mahallaning yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi.

👉Uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisi Fazilov Ravshan Abduxayevich, shuningdek, Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputatlari Iqborxon Ashrapova va Marina Murzametova ishtirok etdi.

✅Muloqot davomida mahalladagi mavjud muammolar, fuqarolarning murojaatlari, ijtimoiy masalalar, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar atroflicha muhokama qilindi.

👥Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

📌Bunday ochiq muloqotlar aholi bilan bevosita aloqani mustahkamlash, muammolarni joyida aniqlash va ularning samarali yechimini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

👥Xalq bilan ochiq muloqot — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, har bir murojaatning amaliy yechimini topish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilish Kengash faoliyatining ustuvor vazifalaridandir.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2