35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Fuqarolar murojaatlari — huquqiy ko‘mak va amaliy yechim
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvohidov DXX kubogi Jizzax viloyati bosqichida munosib natijaga erishgan jamoalar bilan uchrashdi.
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
янв.21
Xonadon tomorqasidagi imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Tomorqa — oilalar farovonligi va qo‘shimcha daromad manbai
янв.21
Deputat nazorati: muammo o‘z vaqtida bartaraf etildi
янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
Deputatlik so‘rovi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammoga yechim izlanmoqda

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 Deputatlik so‘rovi orqali maktabgacha ta’lim tashkilotidagi muammoga yechim izlanmoqda

✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashining 21-sonli “Munchoq” saylov okrugidan saylangan deputat Boltaeva Madina Shoto‘rayevna tomonidan fuqarolar murojaati asosida deputatlik so‘rovi yo‘llandi.

✅ Mazkur deputatlik so‘rovi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-apreldagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-son qarori ijrosini o‘rganish va nazorat qilish jarayonida aniqlangan muammolar yuzasidan amalga oshirildi.

✅ Xususan, “Munchoq” mahallasi hududidagi 14-son maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlariga ayrim fuqarolar tomonidan xalaqit berilayotgani, tashkilot hududiga qo‘shimcha darvoza o‘rnatilmagani sababli kuz-qish mavsumida foydalanish uchun mo‘ljallangan ko‘mir mahsulotlarini ko‘mir omboriga kiritishda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani ma’lum qilingan.

✅ Ushbu holat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi inobatga olinib, muammoni amaliy hal etish maqsadida mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi kiritildi.

✅ So‘rovda tashkilot hududida qurilish ishlarini amalga oshirishga xalaqit berayotgan bir dona daraxtni belgilangan tartibda olib tashlash hamda muassasa hududiga qo‘shimcha darvoza o‘rnatish masalasida amaliy yordam ko‘rsatish so‘ralgan.

✅ Bu kabi deputatlik so‘rovlari aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar oldiga qonuniy tartibda qo‘yish va ularning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Shu bilan birga, deputatlik so‘rovlarining belgilangan muddatlarda va sifatli ko‘rib chiqilishi qonunchilikda nazarda tutilgan. Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193-moddasida deputat so‘rovini ko‘rib chiqmasdan qoldirish, uni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish yoki bila turib noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etish uchun javobgarlik belgilangan.

✅ Deputatlik nazoratining bunday shakllari aholi manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy ob’ektlarning mavsumiy tayyorgarligini ta’minlash va hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3