35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Fuqarolar murojaatlari — huquqiy ko‘mak va amaliy yechim
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvohidov DXX kubogi Jizzax viloyati bosqichida munosib natijaga erishgan jamoalar bilan uchrashdi.
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
янв.21
Xonadon tomorqasidagi imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Tomorqa — oilalar farovonligi va qo‘shimcha daromad manbai
янв.21
Deputat nazorati: muammo o‘z vaqtida bartaraf etildi
янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
“MAHALLA YETTILIGI – KENGASH – SENAT” UCH BO‘G‘INLI HAMKORLIK TIZIMI IZCHIL AMALGA OSHIRILMOQDA



⚡️ Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Abduvohid Turdiboyev "Sutbuloq" MFYda bo‘lib, mahalla raisi, hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimdan iborat “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida hududdagi mavjud muammolarni o‘zaro hamkorlik asosida hal etish, har bir yo‘nalish bo‘yicha mas’ullarning vazifalari, ijro intizomi hamda aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.

📌 Hamkorlik doirasida quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:

💼 Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratilishida amaliy ko‘mak ko‘rsatish hamda tijorat banklari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
👨‍🎓 “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam va subsidiyalar ajratish, ularning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi hamda o‘zini o‘zi band qilishi uchun zarur sharoit yaratish.
👩‍🦰 Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faolligini kuchaytirish.
🛡 Mahalla hududida kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish.
🤝 Aholiga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmat va yordamlar, mavjud imtiyozlar hamda ulardan foydalanish tartibi yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish va murojaatlar bilan manzilli ishlash.
📝 O‘rganish yakunida “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash, aholi muammolarini joyida hal etish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✨ Shuningdek, tumandagi xalq deputatlari tomonidan mahallalarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlar davomida fuqarolarga Prezident farmon va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis Senati qarorlari hamda xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyati keng tushuntirilib, ularning amaliy ijrosi yuzasidan doimiy deputatlik nazorati olib borilmoqda.

🇺🇿 Mahalla – Kengash – Senat hamkorligi xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, hududlarni barqaror rivojlantirish va aholi farovonligini oshirishning muhim omili bo‘lib xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2