35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Fuqarolar murojaatlari — huquqiy ko‘mak va amaliy yechim
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Xusan Abduvohidov DXX kubogi Jizzax viloyati bosqichida munosib natijaga erishgan jamoalar bilan uchrashdi.
янв.21
Samarqand mahallasida obodonlashtirish ishlari nazorat qilindi
янв.21
Xonadon tomorqasidagi imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Tomorqa — oilalar farovonligi va qo‘shimcha daromad manbai
янв.21
Deputat nazorati: muammo o‘z vaqtida bartaraf etildi
янв.21
Paxtakor tumanida bozor va ta’lim muassasalari holati o‘rganildi
янв.21
DMTTdagi tozalik va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi
янв.21
Deputat maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi
#Chinoz_tumani OLMAZOR DEHQON BOZORIDA NARX-NAVO, MAHSULOTLAR YETARLILIGI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI


⚡️ Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga "O‘zLiDeP" partiyasidan 15-Istiqlol saylov okrugidan saylangan deputat Olimjon Dadajonovga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Kengashning ish rejasiga asosan tumandagi Nafis MFY hududida joylashgan Olmazor dehqon bozorida aholi iste’moli uchun eng zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, mahsulotlar yetarliligi hamda sanitariya-gigiyena holati o‘rganildi.

📝 Nazorat tadbirining asosiy maqsadi aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narx-navolar barqarorligini saqlash, savdo madaniyatini yuksaltirish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

🔎 O‘rganish davomida:
savdo rastalari faoliyati;
mahsulotlarning sifati va yetarliligi;
narx-navolarning barqarorligi;
sanitariya-gigiyena holati;
oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari;
sotuvchilarning sanitariya qoidalariga rioya qilishi;
savdo joylarining tozaligi va chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqilishi;
xaridorlar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

✅ Shuningdek, "Arzonlashtirilgan savdo yarmarkasi" faoliyati ham o‘rganilib, go‘sht, guruch, piyoz, sabzi, kartoshka va boshqa asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, sifati hamda aholiga yetkazib berilish jarayonlari tahlil qilindi.

🤝 Nazorat tadbiri davomida bozor ma’muriyati, mas’ul mutasaddilar, tadbirkorlar, sotuvchilar va xaridorlar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Fuqarolarning fikr va takliflari tinglanib, mavjud holat yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

✨ O‘rganish yakunida mutasaddilarga aholini zarur mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash, narx-navolar barqarorligini saqlash, savdo madaniyatini yuksaltirish hamda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etish, bozor hududi va savdo rastalarini doimiy toza saqlash, mahsulotlarni belgilangan sanitariya me’yorlari asosida saqlash va sotishni ta’minlash yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3