Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputatlari J.Umarov va N.Xamidovalar tomonidan Fayzliobod mahallasida soliq inspektorining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida soliq tushumlarini oshirish, yashirin iqtisodiyot holatlarini qisqartirish hamda tadbirkorlar bilan ishlash samaradorligi tahlil qilindi.
Ayrim yo‘nalishlarda ishlarni yana-da kuchaytirish zarurligi qayd etilib, mas’ullarga vazifalar ijrosini tizimli tashkil etish va natijadorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Masala deputatlik nazoratiga olindi.