Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati O.Alimov o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazib, 2026-yilning ikkinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berdi.
Hisobot davomida deputat tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabullar, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, deputatlik so‘rovlari yuborish, hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda deputatlik nazorati doirasida olib borilgan o‘rganishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.
Shuningdek, uchrashuvda saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilandi. Murojaatlar bo‘yicha mas'ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi qayd etildi.