Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi, ekologiya, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Y.Safarov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son hamda 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarorlari ijrosi yuzasidan deputatlik o‘rganishi amalga oshirildi.
O‘rganish davomida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida hududlarda barpo etilayotgan piyodalar yo‘lakchalarining qurilish ishlari joyiga chiqib monitoring qilindi.
Monitoring jarayonida qurilish ishlarining loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, bajarilayotgan ishlarning sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallari, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi holati atroflicha o‘rganildi.
Shuningdek, piyodalar uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘lakchalarning amaldagi qurilish me'yorlari va standartlariga muvofiqligi yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan muhokamalar o‘tkazildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi hamda dastur doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi doimiy komissiya nazoratida olib borilishi ta'kidlandi.