35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

янв.21
Xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari joyida o‘rganildi
янв.21
Mingchinor mahallasida piyodalar yo‘laklari va bolalar maydonchasi qurilishi boshlandi
янв.21
Suvonobod mahallasida mahalla yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Mahalladagi muammolar va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Suvonobod mahallasida piyodalar yo‘lagi qurilishi deputat nazoratida
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 30-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar deputat nazoratida
янв.21
Sessiya oldidan deputatlar Xalq qabulxonasida murojaatlar bilan ishlash holatini o‘rgandi
янв.21
Paxtakor mahallasida bunyodkorlik ishlari deputatlar nazoratida
“NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G‘RI QO‘LLANILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 20-“Ulug‘bek” saylov okrugidan saylangan deputat Sultonov Azimjon O‘ktam o‘g‘li tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.O‘rganish davomida markazning Nogironligi bo‘lgan
shaxslar bilan ishlash bo‘limi xodimi Z.Abduxamidova bilan suhbat o‘tkazilib,tumandagi nogironligi bo‘lgan shaxslar soni, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, protez-ortopediya mahsulotlari bilan ta’minlash, bandligini ta’minlash hamda sport va ta’limga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar olindi.Ma’lum qilinishicha, tumanda 5 071 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs istiqomat qiladi. 2026-yil davomida 328 nafar fuqaroga protez-ortopediya mahsulotlari yetkazib berilgan, mehnat qilish imkoniyatiga ega 74 nafar fuqaro ishga joylashtirilgan. Shuningdek, 127 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs adaptiv sportga, 153 nafari turli to‘garaklarga jalb qilingan.Tumandagi 20 ta umumta’lim maktabida inklyuziv sinflar tashkil etilgan bo‘lib, nogironligi bo‘lgan bolalar ta’lim bilan qamrab olingan. Shuningdek, “Kunduzgi parvarish” xizmati yo‘lga qo‘yilib,21 nafar bola ushbu xizmatdan foydalanmoqda.Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashi tomonidan aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish borasidagi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.
  

Slide 1 of 3