35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi

Deputat fuqarolar murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov Mang‘itobod mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Pastdarg‘om tumani Soliq inspeksiyasi hisobotini ko‘rib chiqish arafasida aholi murojaatlari yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan mahalla soliq inspektori ularni oldindan ogohlantirmagan holda yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha yuqori miqdorda soliq hisoblangani, shuningdek, soliq bazasidagi ma'lumotlarda xatoliklar mavjudligi yuzasidan e'tirozlar bildirildi.

Deputat murojaatlarni batafsil o‘rganib, aniqlangan kamchiliklar va fuqarolarning haqli e'tirozlari yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar oldiga masalani qonunchilik asosida ko‘rib chiqish, soliq bazasidagi xatoliklarni bartaraf etish hamda fuqarolarga aniq tushuntirishlar berish bo‘yicha takliflar kiritilishini ma'lum qildi.

Slide 1 of 1