35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Новости

Последние новости

MAHALLADA QO‘SHIMCHA ELEKTR KABELLARI TORTILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati
D. Musayeva hamda “Yunusobod” MFY mahalla aholisining taklif va murojaatlari asosida hududning elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida amaliy ishlar amalga oshirildi.

👉Mutasaddi tashkilotlar hamkorligida mahallada qo‘shimcha elektr kabellari tortilib, elektr tarmoqlarining barqaror faoliyatini ta’minlash va aholi uchun yanada qulay sharoit yaratish bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi.

📝Fuqarolar tomonidan bildirilayotgan taklif va murojaatlar asosida hudud infratuzilmasini rivojlantirish, aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan bunday amaliy ishlar Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlari hamkorligida izchil davom ettirilmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4