Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi kotibiyati mudiri K. Mamanova hamda Chamanzor mahallasi raisi Z. Saparov mahalla hududidagi A. Navoiy, A. Ikramov va Ulug‘bek ko‘chalarida bo‘lib, ichki ko‘chalarning mavjud holatini joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganish davomida ko‘chalarning yo‘l qoplamasi, piyodalar harakati uchun yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish ishlari, ariq-zovurlar holati hamda infratuzilmaga oid mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.
Hududda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki ko‘chalarni bosqichma-bosqich ta’mirlash, sanitariya holatini yaxshilash va aholi uchun qulay hamda xavfsiz muhit yaratish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.