Новости

Последние новости

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
#doimiy_komissiya 📌 Hokimlik xizmat avtomashinasini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

2026-yil 11-iyun kuni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi navbatdagi yig‘ilishida tuman hokimligi balansidagi xizmat avtomashinasini ta’mirlash bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 126-moddasiga muvofiq, Ishtixon tumani hokimligi balansida bo‘lgan 30 077 DAV davlat raqam belgili Trailblazer rusumli xizmat avtomashinasini ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish yuzasidan taqdim etilgan hisob-kitoblar ko‘rib chiqildi.

Muhokamalar davomida xizmat avtomashinasining texnik holati, undan xizmat faoliyatida samarali foydalanishni ta’minlash hamda zarur ta’mirlash ishlarini amalga oshirish maqsadida tuman hokimligiga tuman mahalliy budjetining 2026-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 20 million 187 ming so‘m mablag‘ ajratish masalasi atroflicha muhokama etildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan mazkur masala yuzasidan tegishli xulosa berilib, mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

📍 Mazkur masala bo‘yicha yakuniy qaror Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 1