Новости

Последние новости

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
Ta’lim muassasalari faoliyati o‘rganildi

O‘rganish jarayonida ta’lim muassasalari va bog‘chalarda yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiya va ta’lim jarayonlarining tashkil etilishi, bolalar hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktab va bog‘chalardagi tibbiyot xonalari faoliyati, hamshiralar tomonidan yuritilayotgan ishlar, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanganlik holati o‘rganildi. Dori vositalarining mavjudligi, saqlash sharoitlari va ulardan foydalanish tartibiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida muassasalarning moddiy-texnik bazasi, sanitariya-gigiyena holati hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6