Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
DEPUTATLIK NAZORATINI AMALGA OSHIRISHDA MUHIM HUQUQIY ASOS

Mazkur tartib mahalliy Kengashlarning nazorat vakolatlarini samarali amalga oshirish, hududiy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining deputatlar oldidagi hisobdorligini oshirish hamda qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan ta’sirchan nazoratni ta’minlashga qaratilgan.

✅ Namunaviy tartibga muvofiq, Kengash sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobotlari belgilangan tartibda eshitiladi, deputatlar tomonidan hisobotlar yuzasidan savollar, taklif va tavsiyalar bildiriladi hamda muhokama yakunlari bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi.

📋 Shuningdek, hisobotlarni eshitish jarayonida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar yechimi, davlat dasturlari va hududiy dasturlar ijrosi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi ishlar holati atroflicha tahlil qilinadi.

🔹 Mazkur hujjat mahalliy Kengashlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, deputatlik nazorati samaradorligini oshirish hamda davlat organlari faoliyatining natijadorligini kuchaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.