Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 28-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
Deputat o‘z okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda

Deputat o‘z okrugidagi muammolarni joyida o‘rganmoqda

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan “3-Istirohat” okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishidan biri bo‘lgan mahalla ichki ko‘cha yo‘llari holati, ko‘chalarni tunda yoritilishi masalalarini o‘rganish maqsadida Shaftolizor mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

⚙️ O‘rganish davomida deputat mahalla hududidagi ko‘chalarni aylanib, aholini qiynab kelayotgan muammolar, infratuzilma holati, ichki yo‘llar, obodonlashtirish ishlari hamda yoshlar bandligi bilan bog‘liq masalalarni bevosita joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

💬 Muloqotlar jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar deputatlar faoliyatiga joriy etilgan tavsiyalar daftariga kiritildi. Aniqlangan har bir masala bo‘yicha alohida nazorat o‘rnatilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilab olindi.

📁 Xususan, ichki yo‘llar holati, piyodalar uchun yaratilgan sharoitlar hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan tegishli takliflar shakllantirildi. Bu boradagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi PQ–330-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga ham xizmat qiladi.

🗣 Shuningdek, o‘rganish davomida mahalla aholisidan bir qator amaliy takliflar bildirildi. Jumladan, 3-tor Shoir ko‘chasida mavjud bo‘lgan bolalar maydonchasini 5-tor Shoir ko‘chasiga ko‘chirish, 5-tor Shoir ko‘chasida zamonaviy sport jihozlari bilan ta’minlangan sog‘lomlashtirish va sport maydonchasini barpo etish takliflari ilgari surildi.

✅ Bundan tashqari, mahalladagi 3-tor Shoir ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi ham fuqarolar tomonidan ko‘tarildi. Mazkur muammo deputat tomonidan muammolarni qayd etish daftariga kiritilib, uning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

🧠 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish, murojaatlar ijrosini nazorat qilish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarga yechim topish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 8