Новости

Последние новости

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
Deputat saylovchilar bilan uchrashib, hududdagi muammolarni o‘rgandi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan hududdagi mavjud muammolar, jumladan ichki yo‘llar holati, kommunal xizmatlar sifati, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l belgilari o‘rnatish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat tomonidan mahalladagi muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganilib, umumiy hisobda 10 dan ortiq dolzarb masalalar mavjudligi aniqlandi.

Jumladan, Guliston ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro A. Ibrohimov transport vositalari harakati yuqori bo‘lganligi sababli ko‘chaga tegishli yo‘l belgilari va ogohlantiruvchi vositalarni o‘rnatish zarurligini ma’lum qildi.

Ko‘tarilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish hamda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish va yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3