Новости

Последние новости

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
Deputat nazorati

Hokim yordamchisi faoliyati va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari deputatlik nazoratida

Mahallalarda hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromad manbalarini kengaytirish hamda bandligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar izchil o‘rganib borilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri Nurabod MFY hududida o‘tkazildi. Unda deputat Abdurahmanov Anvar hamda hokim yordamchisi Xaldaov Xojiakbar tomonidan amalga oshirilgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida quyidagi natijalarga erishilganligi aniqlandi:

💼 Bandlik ta’minoti: Mahallada 75 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan bo‘lib, shundan 12 nafari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan.

💰 Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish: Oilaviy kredit dasturlari doirasida 8 nafar fuqaroga jami 116 million 680 ming so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.

🧵 Subsidiya asosidagi qo‘llab-quvvatlash: Rahimova Nasiba Qudratillayevnaga davlat tomonidan hunarmandchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun subsidiya ajratilgan bo‘lib, u hozirda 5 nafar fuqaroni hunarmandchilik yo‘nalishida o‘qitmoqda.

💻 Kasbga o‘qitish ishlari: Kambag‘allik reyestrida turgan 10 nafar fuqaro kompyuter savodxonligi hamda bolalar massaji yo‘nalishlarida kasb-hunarga o‘qitilgan.

Mahallabay ishlash tizimi asosida amalga oshirilayotgan bunday tizimli chora-tadbirlar orqali aholi daromadlarini oshirish, ishsizlikni kamaytirish hamda fuqarolarni tadbirkorlikka keng jalb etish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

 

Slide 1 of 2