Новости

Последние новости

янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida rejalashtirilayotgan yashil hudud o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan sport tadbiri
янв.21
Deputat “Ochiq Budjet” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlarni o‘rgandi
янв.21
Deputat maktabgacha ta’lim muassasasidagi sharoitlarni o‘rgandi.
янв.21
Mahallada kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlar okruglarga chiqqan holda ichki yo‘llar holatini o‘rganmoqda
янв.21
Deputat tomonidan qonun ijrosi nazorat qilindi
Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Yoshlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 14-Tavois saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati F.G‘oziyeva Tavois mahallasida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchisining faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

Shuningdek, yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etilayotgan tadbirlar, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish hamda ularni hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Deputat tomonidan faoliyat samaradorligini yanada oshirish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga jalb etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1