Новости

Последние новости

янв.21
O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-yanvardagi "Yo‘l harakati to‘g‘risida"gi O‘RQ–900-son Qonunining tumandagi ijro holati yuzasidan o'rganish olib borildi.
янв.21
Suvonobod mahallasida ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari boshlandi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvohidov tomonidan o'z saylov okrugi fuqarolari uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.
янв.21
Xotin-qizlar murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
Sport infratuzilmasi va yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi
янв.21
Paxtakor mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Olmazor mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova tomonidan Nurli Pangat mahallasida xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 20-Oltinko‘l saylov okrugi deputati K. Mamanova tomonidan Oltinko‘l mahallasida fuqarolar murojaatlari asosida o‘rganish olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati D.Do‘squlova hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Xayrullayev bilan birgalikda Nurli Pangat mahallasida aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holatini o‘rgandi.
#Munosabat

Bugungi kunda mamlakatimizda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, xalq manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-98-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni mahalliy Kengashlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiluvchi muhim hujjat bo‘ldi.

Mazkur Konsepsiya, avvalo, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining rolini kuchaytirish, ularning hududiy muammolarni hal etishdagi vakolat va mas’uliyatini oshirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Endilikda deputatlar faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va aholi bilan muloqot tamoyillari ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanmoqda. Bu esa fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirib, xalq ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Farmonda mahalliy Kengashlarning nazorat funksiyalarini kuchaytirish, ijro organlari ustidan samarali parlament nazoratini yo‘lga qo‘yish, deputatlik so‘rovlari va eshituvlar samaradorligini oshirish kabi masalalar ham muhim o‘rin egallagan. Ayniqsa, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda deputatlarning faol ishtiroki ta’minlanishi aholi muammolarini joyida hal qilish imkonini kengaytiradi.

Shuningdek, Konsepsiyada raqamlashtirish jarayonlariga keng e’tibor qaratilgani zamonaviy boshqaruv tizimini shakllantirishda muhim qadam hisoblanadi. Elektron platformalar orqali Kengashlar faoliyatining ochiqligi ta’minlanishi, sessiyalar va qabul qilinayotgan qarorlarning jamoatchilikka tezkor yetkazilishi aholining siyosiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

PF-98-sonli Farmon bilan tasdiqlangan Konsepsiya mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarini chinakam xalq vakiliga aylantirish, deputatlarning siyosiy va huquqiy salohiyatini oshirish hamda hududlarda samarali boshqaruv tizimini yaratishda muhim dasturilamal hujjat sifatida tarixiy аҳамiyat kasb etadi. Bu islohotlar natijasida mahalliy Kengashlarning jamiyatdagi o‘rni yanada mustahkamlanib, xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi tizim shakllanishiga zamin yaratiladi.

Slide 1 of 1