✍️Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining 2025-yil 18-sentabrdagi VII-15-100-7-101-K/25-sonli qaroriga asosan, “Fuqarolar tashabbusi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan loyihalar moliyalashtirilgan edi.
🛣Beklar mahallasida mana shu mablag‘ asosida tashabbusli byudjet loyihasi bilan mahalla ichki yo‘llarining 2 kilometr 835 metr qismiga 1,4 milliard so‘m mablag‘ evaziga asfalt yotqizilib, loyiha bo‘yicha ishlar yakunlandi.
✅Deputatlar tomonidan tasdiqlanayotgan mablag‘lar—bu shunchaki raqamlar emas, balki aholi turmush sharoitini yaxshilash, infratuzilmani rivojlantirish va hududni obodonlashtirishga qaratilgan muhim qarorlardir.
✅Yo‘llar ta’mirlanmoqda, ijtimoiy obyektlar yaxshilanmoqda, mahallalar obod bo‘lmoqda.
✅Bu esa deputatlarning xalq oldidagi mas’uliyati va ishonchiga munosib javobidir.
✅Eng muhimi, ushbu mablag‘lar bevosita insonlar hayotiga qulaylik olib kirayotgani bilan qadrlidir