Новости

Последние новости

9-may — Xotira va qadrlash kuni

Bu kun — Vatan ozodligi, xalq tinchligi va bugungi farovon hayot yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimiz xotirasiga ehtirom ko‘rsatish, urush va mehnat faxriylariga hurmat bajo keltirish kunidir.

Termiz shahrida ham ushbu sana munosabati bilan faxriylar holidan xabar olinib, ularning fidokorona mehnati va mardligi alohida e’tirof etilmoqda. Chunki yurt tinchligi va bugungi osoyishta hayot zamirida ana shunday jasoratli insonlarning ulkan xizmatlari mujassam.

Ayniqsa, urush yillarida front ortida mehnat qilgan, xalq farovonligi va Vatan ravnaqi yo‘lida umrini baxsh etgan mo‘tabar insonlarning hayot yo‘li bugungi yosh avlod uchun chinakam jasorat va vatanparvarlik maktabidir.

Xotira — millatning ma’naviy qudrati, qadrlash esa insoniylik mezonidir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi barcha yurtdoshlarimizni 9-may — Xotira va qadrlash kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, xonadonlarimiz fayz-u barakali bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi.