✅Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M. Kilichev Qoramang‘it mahallasida yashovchi fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi.
✅Suhbatlar davomida aholini qiynayotgan masalalar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
✅Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmay, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bartaraf etish ishlari yo‘lga qo‘yiladi.
✅Bunday ochiq muloqotlar aholining ishonchini mustahkamlash va joylardagi dolzarb masalalarni tezkor hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.