Новости

Последние новости

янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
BIR ASRLIK UMR YO‘LI — PARKENTDA URUSH FAXRIYSIGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Toshkent viloyatida urush va mehnat faxriylarini yo‘qlash, ularga ehtirom va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish tadbirlari davom etmoqda. Bugun Toshkent viloyati hokimi, senator Zoyir Mirzayev, tuman hokimi, deputat Elmurod Po‘latov, viloyat Kengashi deputati, senator Maxmud Toir, hamda tuman Kengashi deputatlari Xusnitdin Muxitdinov, Qamariddin Ismailov, Abdulatif Abdullayev va Yulduz Uboydullayevalar Parkent tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 102 yoshli Anorboy ota Jalilov xonadoniga tashrif buyurdilar. Samimiy va ko‘tarinki ruhda o‘tgan uchrashuvda
viloyat rahbari Prezidentimizning urush faxriylariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng faxriyga davlatimiz rahbari nomidan 30 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Tadbir davomida yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, keksalarga ehtirom ko‘rsatish va faxriylarni e’zozlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Xotira va qadrlash kunining umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanayotgani esa Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlar xotirasiga hurmat hamda bugungi tinch va osoyishta hayotning qadriga yetishning amaliy ifodasi ekani qayd etildi. Anorboy ota Jalilov 1924-yilda Parkent tumanida tavallud topgan. Ulug‘ Vatan urushi yillarida 2-Belarus fronti safida Ukraina, Polsha va Germaniyani ozod qilish janglarida qatnashgan. Urushdan keyin esa qariyb 30 yil davomida maktabda o‘qituvchilik qilib, ko‘plab shogirdlarga ta’lim-tarbiya berdi. Faxriyning ko‘kragini bezab turgan orden va medallar uning jasorati, matonati va Vatanga sadoqatining yorqin timsolidir.
Anorboy ota bugungi e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun davlatimiz rahbariga hamda xalqimizga samimiy minnatdorlik bildirib, yurtimiz tinchligi va farovonligi uchun duo qildi. Shuningdek, bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetish, Vatanni sevish va uni asrab-avaylash har bir avlodning muqaddas burchi ekanini alohida ta’kidladi. 

Slide 1 of 10