Новости

Последние новости

янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik media-rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hududidagi kutubxona, muzey hamda madaniyat markazlarining moddiy-texnik bazasi va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganilmoqda.

Shu munosabat bilan xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi, deputatlar hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari tuman axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida kutubxonada kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud kitob fondi, elektron xizmatlar, yoshlarni kitobxonlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilish holati ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda kutubxona fondida 25 mingdan ortiq turli yo‘nalishdagi adabiyotlar mavjud bo‘lib, kelgusida yangi kitoblar hisobiga fondni yanada boyitish va kutubxona faoliyatini kengaytirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan aholiga sifatli axborot-kutubxona xizmatlarini ko‘rsatish, ayniqsa yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 9