Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining yettinchi chaqiriq 27-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
Yangi davlat bog‘chalari masalasi doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

👥 Yig‘ilishga komissiya raisi, deputat Galiyev Shamirat Kurbanmiradovich boshchilik qildi. 

🏫 Yig‘ilishda tumanda yangidan qurilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga yuridik maqom berish masalasi muhokama qilindi. 

📊 Xususan:
▪️ “Yangi makon” QFYdagi 120 o‘rinli 20-sonli DMTT
▪️ “Nurli kelajak” QFYdagi 90 o‘rinli 21-sonli DMTT
▪️ “Keneges” QFYdagi 210 o‘rinli 22-sonli DMTT qurilish ishlari yakunlanib, Davlat qabul komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilingani qayd etildi. 

🗣 Yig‘ilish davomida tuman hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bosh mutaxassisi Nurullaev Asadbek Maxsudjon o‘g‘li masala yuzasidan fikr-mulohazalar bildirib, yangi bog‘chalar aholi uchun muhim ijtimoiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. 

🏗 Shuningdek, tuman hokimligi qurilish bo‘limi yetakchi mutaxassisi Mansur Yeshchanov tomonidan qurilish ishlari to‘liq yakunlangani va ob’ektlar foydalanishga tayyor holga keltirilgani haqida axborot berildi. 

👥 Yig‘ilishda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mutaxassislari hamda Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ham ishtirok etdi. 

📑 Muhokamalar yakunida mazkur ta’lim muassasalariga yuridik maqom berish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi. 

🌱 Zamonaviy bog‘chalar — bolalar kelajagiga qaratilgan muhim investitsiya!  

Slide 1 of 3