📌 Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi
👥 Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov, viloyat Kengashi deputatlari Sh. Xolliyeva, M. Narbasheva hamda Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov hamda 12-Cho‘mishli-Taroqli saylov okrugi deputati F.Shermuxamedova ishtirokida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi yuzasidan Cho‘mishli mahallasi “yettiligi” bilan suhbat o‘tkazildi.
🏡 Uchrashuv davomida hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi murojaatlari bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
💬 Ochiq muloqot jarayonida mahalla faollari tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar tinglanib, ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan fikr almashildi.
📊 Shuningdek, deputatlik faoliyatining samaradorligini oshirish, joylarda olib borilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.
🤝 Bu kabi uchrashuvlar aholi bilan yaqin muloqotni mustahkamlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladi.