Новости

Последние новости

янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi
янв.21
Deputat tomonidan e’tirof etildi: 13-sonli maktab jamoasi faxrli 2-o‘rin sohibi
Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat

 “Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat” shiori ostida aholining salomatlik darajasini yuksaltirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida keng ko‘lamli tibbiy ko‘riklar tashkil etilmoqda. Deputat Yakkamulla qishlog‘idagi Oilaviy shifokorlik poliklinikasida bo‘lib o‘tgan ana shunday tibbiy ko‘rik jarayonlarida ishtirok etdi. 

OShP faoliyatini o‘rganish davomida deputatga shifokorlar jamoasi murojaat bilan chiqdilar: dori-darmonlar uchun xonalarga shkaflar zarurligi hamda nogironligi bor, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun pandus - nogironlar aravachasi yuradigan yuqoriga olib chiquvchi yo‘lak qilinishida amaliy yordam so‘raganlar. Murojaatlar yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi rahbariyatiga deputat so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1