Новости

Последние новости

AHOLI BANDLIGI — FAROVON TURMUSH SARI QADAM

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasidan saylangan deputat Q. Bobojonov tomonidan Parchayuz mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligi o‘rganildi.

Jarayonda xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda oilaviy muhitni mustahkamlashga qaratilgan ishlar holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishilib, yangi qonunlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 4