Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova va D.Do‘squlovalar tumandagi “Nuroniylar maskani”ga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maskanda yaratilgan shart-sharoitlar, xonalar jihozlanishi, dam olish va mazmunli vaqt o‘tkazish uchun tashkil etilgan imkoniyatlar hamda nuroniylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, muassasa faoliyati, bu yerda olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, nuroniylarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi.
Tashrif yakunida kelgusida ushbu maskan faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.