Новости

Последние новости

янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
янв.21
Mahallada ochiq muloqot: muammolar va yechimlar muhokama qilindi
Navoiy shahrida obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati o‘rganildi

Navoiy shahrida obodonlashtirish ishlari va infratuzilma holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar kengashi deputati Ro‘ziqulov Faxriddin Rasulovich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov tomonidan Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, ichki ko‘chalar holati hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish tizimi bilan yaqindan tanishildi.

Tashrif doirasida shaharning “Zarafshon” mahallasida olib borilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi. Jumladan, mahalla ichki ko‘chalarining holati, ularni ta’mirlash, asfaltlash va shag‘allash ishlarining sifati tahlil qilindi. Ayrim ko‘chalarda ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi aniqlanib, bu borada tegishli mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.

Shuningdek, hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan loyihalar ham o‘rganildi. Daraxt ekish, hududlarni tozalikda saqlash, bolalar maydonchalari va dam olish joylarini tartibga keltirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish va sanitariya holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Maxsus xizmatlar tomonidan chiqindilarni yig‘ish va olib chiqish ishlari qay darajada tashkil etilgani o‘rganilib, ayrim hududlarda bu borada kamchiliklar mavjudligi qayd etildi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilotlarga aniq ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif davomida mahalla aholisi bilan ham muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Aholi tomonidan asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketish va ko‘chalarni yoritish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.

Yakunida mutasaddilar tomonidan mavjud muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish va mahallalarda obod muhit yaratish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi. Ushbu ishlar shahar infratuzilmasini rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish va Navoiy shahrining yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5