Aholi murojaatlari – doimiy e’tibor markazida
Xalq deputatlari tuman Kengashi 3-"Qirqishloq" saylov okrugi deputati Abdaxatov Ne’matulla Aralovich tomonidan “Baxmal” mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi ochiq uchrashuv tashkil etildi.Mazkur uchrashuv fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish,taklif va muammolarini bevosita tinglash ularni hal etish choralarini belgilashga qaratildi.Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan infratuzilmani yaxshilash,hududlarni obodonlashtirish,masalalar yuzasidan qator murojaatlar bildirildi.Har bir murojaat e’tibor bilan tinglanib,muammolarning kelib chiqish sabablari atroflicha muhokama qilindi.Sayyor qabulda mas’ul tashkilotlar rahbarlari, “mahalla yettiligi” a’zolari faol ishtirok etdilar.Bunday ochiq muloqotlar fuqarolar bilan yaqin hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolarni joyida aniqlab,ularni tizimli ravishda hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda.