Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi 20-Oltinko‘l saylov okrugi deputati Mamanova Karomatning tashabbusi bilan Oltinko'l mahallasida joylashgan "Obodonlashtirish boshqarmasi" balansidagi 2 ta ko‘p qavatli xonadonlarning kanalizatsiya tarmoqlari tozalanib sanitariya holati hamda aholining kundalik yashash sharoitlari yaxshilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-sonli qaroriga asosan ushbu 2 ta ko‘p qavatli uylarning oqova suvi (kanalizatsiya) tizimi, mutasaddi rahbarlar tomonidan 2026-yil yakuniga qadar to‘liq ta’mirlanishi ma’lum qilindi.