Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati Ulug‘bek Normatov Nurobod, mahallasida bo‘lib, fuqarolar bilan uchrashdi va ularning murojaatlarini o‘rgandi.
Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan masalalar, jumladan, infratuzilma, ijtimoiy xizmatlar hamda kundalik turmushga oid muammolar tinglandi. Har bir murojaat alohida e’tibor bilan ko‘rib chiqilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish — deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.