Новости

Последние новости

янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

 Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi 

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining “Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni
rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy
komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda doimiy
komissiya a’zolari, Kengash huzuridagi ekspert-maslahat guruhi a’zolari hamda
Yoshlar maslahat guruhi vakillari ishtirok etdi. 

Yig‘ilish kun tartibida “Tuman mahalliy byudjetining 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha
daromadlar rejasining ortiqcha bajarilgan qismi taqsimoti to‘g‘risida”gi masala
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy
soha ob’ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida
modernizatsiya qilish to‘g‘risida”gi PQ-118-son Qarori ijrosi doirasida tumanda
amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi
tomonidan taqdim etilgan hisobotlar tinglandi va muhokama qilindi. 

Muhokamalar jarayonida sohaga oid mavjud holat, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi,
shuningdek, kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi
hamda tegishli takliflar ilgari surildi. 

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.  

Slide 1 of 2