Новости

Последние новости

янв.21
Deputat faxriy tibbiyot xodimlariga ehtirom ko‘rsatdi
янв.21
Deputat xorijdagi yoshlar bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi doirasida
янв.21
Yoshlar salomatligi yo‘lida yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Deputat aholi tomorqalaridagi ishlar bilan tanishdi
янв.21
Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashida doimiy komissiyalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Oq buloq” mahallasida ichimlik suvi ta’minoti loyihasi nazoratda
янв.21
Deputatlik so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlari atroflicha o‘rganildi
янв.21
Sessiyaga kiritilgan masalalar doimiy komissiya tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi
янв.21
Navbatdagi sessiya masalalari doimiy komissiya ishtirokida atroflicha o‘rganildi
Yangi bog‘ mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Yangi bog‘ mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Botir Daminov tomonidan haftalik ish reja asosida Yangi bog‘ mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida hududdagi mavjud muammolar, ularni hal etish yo‘llari hamda hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Deputat o‘z nutqida mahalla yettiligining hududdagi islohotlarni joylarda samarali amalga oshirishdagi o‘rni muhim ekanini ta’kidladi.

📊 Muloqot jarayonida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, xususan yoshlar bandligi, ijtimoiy himoya, kambag‘allikni qisqartirish, tibbiy xizmat sifati va aholi murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan aniq takliflar ilgari surildi.

🛠 Shuningdek, mahalladagi infratuzilma masalalari — ichki yo‘llar, tungi yoritish, kommunal xizmatlar, chiqindilarni olib chiqish, ko‘p qavatli uylar holati hamda boshqaruv kompaniyalari faoliyati yuzasidan mahalla yettiligi a’zolari bilan fikr almashildi. Deputat bu borada hududdagi har bir masala manzilli o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etilishini qayd etdi.

🔺 Uchrashuvda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, bepul dorilar ta’minoti, nogironligi bo‘lgan shaxslar va kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari ham muhokama qilinib, ushbu yo‘nalishda ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🤝 Yakunda deputat tomonidan mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, har bir yo‘nalish bo‘yicha tizimli nazoratni yo‘lga qo‘yish hamda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 3