Mustaqillik bayrami arafasida ezgu tashabbus orqali bayram oldidan yurtimizda insonparvarlik va mehr-shavqat an’analari asosida amalga oshirilayotgan xayrli ishlar davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan, tuman Kengashi deputati Ergashvoy Qurbonov Qorag‘ul mahallasidagi Gullola ko‘chasi 29-uyda yashovchi,
nogironligi bo‘lgan fuqaro Abdullayeva Ro‘zixon xolidan xabar oldi. Deputat tomonidan unga nogironlik aravachasi topshirib, so‘ngra turmush sharoiti bilan yaqindan tanishildi. Ushbu ehtiyojmand oilaga doimiy ko‘mak berish borasida tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Bunday ezgu tashabbuslar yurtimizda
inson qadri, jamiyatdagi har bir fuqaroning munosib hayot kechirishiga qaratilgan davlat siyosatining amaldagi ifodasidir.