➡️Qishloq ayoli – farovonlik va taraqqiyot bunyodkori
🔰#munosabat
➡️Qishloq ayoli – farovonlik va taraqqiyot bunyodkori
🏦15-oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan qishloqlarimiz ravnaqi, oilalar farovonligi va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan opa-singillarimizning mehnatini alohida e’tirof etish lozim. 🏦Qishloq ayollari nafaqat oilaning tayanchi, balki qishloq xo‘jaligi, tadbirkorlik, hunarmandchilik va ijtimoiy hayotning ham faol ishtirokchilaridir. Ularning fidokorona mehnati oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, aholi bandligini oshirish va mahallalarimiz obodligiga xizmat qilmoqda. 🏦Deputat sifatida qishloq ayollarining manfaatlarini himoya qilish, ularni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va kasb-hunar imkoniyatlaridan foydalanishiga ko‘maklashishni muhim vazifalardan biri deb bilaman. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning muammolarini joyida o‘rganib, amaliy yechim topish doimiy e’tiborimizda bo‘lishi zarur. 🏦Fursatdan foydalanib, yurtimiz ravnaqi yo‘lida halol mehnat qilayotgan barcha qishloq ayollarini Xalqaro qishloq ayollari kuni bilan samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayz-u baraka va ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman!
Oqila Muzaffarova, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,