Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
🏛 Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati
K.Muxitdinova hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov tomonidan "Umid" mahallasida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-sentabrdagi 450-sonli “Aholining ijtimoiy ehtiyojmand ayrim toifalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi tumanda o`rganildi.
🤝 Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynab kelayotgan muammo va kamchiliklar atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi hamda ularning yechimini topish bo‘yicha zarur choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.
📌 Fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish, murojaatlarning ijrosini nazorat qilish va aholining qonuniy manfaatlarini ta’minlash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.