Pastdarg‘om tumanining iqtisodiy salohiyatini oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-avgustdagi PF-175-son Farmoni ijrosini ta’minlash masalasi muhokama qilindi.
📋 Yig‘ilish yakunida tumanning ichki imkoniyatlarini safarbar etish, qo‘shilgan qiymat yaratish, turizm, kreativ industriya va agrosanoat salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi tasdiqlandi.
Mas’ul tashkilotlarga hududning tabiiy, iqtisodiy, ishlab chiqarish va mehnat resurslarini xatlovdan o‘tkazish, istiqbolli loyihalarni shakllantirish hamda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan natijalarni umumlashtirib borish tavsiya etildi.
🤩 Qaror 2026-yil 9-oktabr kuni DKQ 03-04/161-26-son bilan qabul qilindi.