Yangiobod mahallasida xonadonlar holati o‘rganilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati X.Sulaymonova tomonidan Yangiobod MFY hududida ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda o‘rganish ishlari olib borildi.
✅ Dastlab, ishchi guruh a’zolari bilan faoliyat rejasi muhokama qilinib, hududda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, o‘rganish yo‘nalishlari hamda fuqarolar muammolarini aniqlash va ularning yechimini topish masalalari ko‘rib chiqildi.
🏠 Shuningdek, Bavatova Gulchehra xonadoni bilan tanishilib, oilalar holatini o‘rganish va mavjud masalalarni aniqlashga e’tibor qaratildi.
🤝 Bunday o‘rganishlar mahalladagi oilalar bilan manzilli ishlash, fuqarolar muammolarini aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishga qaratilgan.