Новости

Последние новости

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
O‘RGANISHLARNING YAKUNIY MANZILI — 1-SONLI TOSHKENT SHAHAR BOLALAR KLINIK SHIFOXONASI

#Sessiya_oldi_organish #19_1_Modda_ijrosi

❗️O‘RGANISHLARNING YAKUNIY MANZILI — 1-SONLI TOSHKENT SHAHAR BOLALAR KLINIK SHIFOXONASI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Dildora Rustamova boshchiligida komissiya a’zolari, Toshkent shahar Kengashi deputatlari hamda Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘ining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo‘yicha o‘rinbosari Muattar Abdullayeva bilan birgalikda aholi salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish, profilaktika tadbirlarining haqiqiy holati va tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish yuzasidan olib borilgan sessiyaoldi o‘rganishlar tashkil etildi.

🔺 O‘rganishlarning yakuniy manzili 1-sonli Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasi bo‘ldi. Deputatlar va soha mutasaddilari shifoxonaning kundalik faoliyati, bolalarga ko‘rsatilayotgan ixtisoslashtirilgan va shoshilinch tibbiy yordam, davolash jarayonlari hamda bemorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🏥 Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxona 425 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, 2026-yil 13-oktabr holatiga 419 nafar bemor davolanmoqda. Muassasada bolalarga kecha-yu kunduz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi.

🩺 O‘rganish davomida bolalarni qabul qilish, kasalliklarga tashxis qo‘yish, statsionar va ambulator davolash, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish hamda reanimatsiya bo‘limi faoliyati bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shifoxona ma’lumotnomasiga ko‘ra, 2026-yilning 9 oyi davomida 16 084 nafar bemor statsionar davolanishga qabul qilingan, 16 047 nafar bemor davolanishdan chiqarilgan. Shu davrda ambulator-konsultativ murojaatlar soni 85 785 tani tashkil etgan.

👩‍⚕️ Shuningdek, muassasaning tibbiyot xodimlari bilan ta’minlanganligi, shifokor va hamshiralar faoliyati, mavjud vakant o‘rinlar hamda malakali mutaxassislarni jalb etish masalalari o‘rganildi. Xususan, shifoxonada shifokorlar uchun 137,5 shtat birligidan 134,75 tasi, o‘rta tibbiyot xodimlari uchun 405,25 shtat birligidan 398,5 tasi band ekani qayd etilgan.

💊 Jarayonda dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik, davolash bo‘limlaridagi sharoitlar, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bemor bolalarning sifatli ovqatlanishini tashkil etish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarda shifoxonaning dori-darmon bilan ta’minlanganlik darajasi 99,8 foizni tashkil etishi, ovqatlantirish esa autsorsing xizmati orqali yo‘lga qo‘yilgani ko‘rsatilgan.

📋 Bundan tashqari, bolalar kasalliklarini erta aniqlash, profilaktika va skrining tadbirlarini kuchaytirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish hamda yosh bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

🗣 Shifoxona rahbariyati va mas’ul tibbiyot xodimlari bilan suhbat davomida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, tibbiy xizmatlarni yanada takomillashtirish, kadrlar va moddiy-texnik ta’minot bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

📉 Shu bilan Toshkent shahrida aholi salomatligini asrash, kasalliklarning oldini olish va profilaktika qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish hamda tibbiyot muassasalari faoliyatini yaxshilash yuzasidan tashkil etilgan sessiyaoldi o‘rganishlarining joylardagi jarayonlari yakunlandi.

⚖️ O‘rganishlar davomida Yashnobod tumanidagi 67-son oilaviy poliklinika filiali, Yunusobod tumani Tibbiyot birlashmasining Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi hamda 1-sonli Toshkent shahar bolalar klinik shifoxonasi faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

♻️ O‘rganish natijalarini umumlashtirish, aniqlangan muammolar va bildirilgan takliflarni tegishli doimiy komissiya doirasida muhokama qilish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish nazarda tutilmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8