Новости

Последние новости

янв.21
“DEPUTAT DAFTARI” — MUAMMOLAR YECHIMI USTIDAN DEPUTATLIK NAZORATINING MUHIM VOSITASI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH BO‘YICHA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATGA BIRIKTIRILGAN QONUNLAR
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA IJTIMOIY HIMOYA VA AHOLINI QO‘LLAB-QUVVATLASH ISHLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI
янв.21
CHIMBOY MFY HUDUDIDAGI 224-SONLI MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA PREZIDENT FARMONI IJROSI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI
янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
ESKIRGAN SIMYOG‘OCHLAR HOLATI DEPUTAT NAZORATIDA

Elektr energiyasining barqaror yetkazib berilishi bilan bir qatorda, elektr tarmoqlari va ustunlarining texnik jihatdan soz hamda xavfsiz holatda bo‘lishi aholi osoyishtaligi uchun muhim omillardan biridir. Ayniqsa, uzoq yillar davomida foydalanib kelinayotgan eskirgan simyog‘ochlar o‘z vaqtida ta’mirlanmasa yoki yangilanmasa, turli noxush holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati J.Yoqubov tomonidan Sarmich mahallasining Yuqori Sarmich qishlog‘ida hududdagi elektr ta’minoti infratuzilmasining holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayoni tuman elektr tarmoqlari xodimlari bilan hamkorlikda olib borilib, qishloq hududidagi mavjud elektr ustunlari, eskirgan simyog‘ochlarning texnik holati, ularning mustahkamligi, elektr simlarining tortilish darajasi hamda aholi uchun xavfsizlik nuqtayi nazaridan mavjud holatlar ko‘zdan kechirildi.

Ayrim hududlarda uzoq muddat foydalanilgan eskirgan simyog‘ochlarni yangilash va elektr tarmoqlarini tartibga keltirish zarurati mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, elektr ta’minotida uzilishlarning oldini olish, tarmoqning ishonchliligini oshirish hamda aholi xonadonlariga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tuman elektr tarmoqlari mas’ullari bilan fikr almashilib, eskirgan simyog‘ochlarni bosqichma-bosqich yangilash, xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ustunlarni ta’mirlash yoki almashtirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Deputat tomonidan hududdagi elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning amaliy yechimini ta’minlash, eng muhimi, fuqarolar xavfsizligini kafolatlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2