Новости

Последние новости

янв.21
O‘QUVCHILAR DAVOMATI VA TA’LIM INTIZOMI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
G‘alaba MFYda ehtiyojmand fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirilmoqda
янв.21
Olmazor tumani "Umid" mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
янв.21
OILAVIY QADRIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH — DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
224-SONLI MAKTABDA STADION QURILISHI YUZASIDAN DEPUTATLIK NAZORATI OLIB BORILDI
янв.21
Hazrati Imom mahallasida fuqarolar muammolari joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
“XASTIMOM” MAHALLASIDA AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI
янв.21
SAYLOVCHILARGA HISOBOT: III CHORAK YAKUNLARI SARHISOB QILINDI
янв.21
Umid MFYdagi Workout sport maydonchasi holati o‘rganildi
янв.21
"YUQORI BESHQO‘RG‘ON" MAHALLASI IJTIMOIY XODIMINING 9 OYLIK HISOBOTI ESHITILDI
QORASUV-6 DAHASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI VA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI

#19_1_Modda_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun_ijrosi

❗️ QORASUV-6 DAHASIDAGI KO‘P QAVATLI UYLARNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI VA YONG‘IN XAVFSIZLIGI HOLATI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari, Kengash deputatlari hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirokidagi o‘rganishlar navbatdagi manzilda davom ettirildi.

🔺 Bu gal deputatlar Qorasuv-6 dahasida joylashgan “Avayhon obod group” boshqaruv servis kompaniyasiga qarashli ko‘p qavatli turar joy binolari faoliyati va ularning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

🏢 O‘rganish davomida ko‘p kvartirali uylarning umumiy texnik holati, muhandislik-kommunikatsiya tizimlari, isitish mavsumiga tayyorgarlik darajasi hamda turar joy binolarida xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Xususan, ko‘p qavatli uylarning yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlanganligi, mavjud yong‘in xavfsizligi tizimlari, evakuatsiya yo‘laklari va umumiy foydalanish joylaridagi xavfsizlik holati ko‘zdan kechirildi.

📋 Shuningdek, “162 ta eng muhim qonun” ijrosini o‘rganish doirasida ko‘p kvartirali uylarni boshqarish, ularga texnik xizmat ko‘rsatish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi bilan bog‘liq qonunchilik hujjatlarining amaliy ijrosiga e’tibor qaratildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-yanvardagi 3-son va 2022-yil 1-fevraldagi 47-son qarorlarida belgilangan talablar asosida boshqaruv tashkilotlarining mas’uliyati va turar joy binolarida xavfsizlikni ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.

🔧 Shuningdek, boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan turar joy binolariga texnik xizmat ko‘rsatish, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish, kuz-qish mavsumida kommunal tizimlarning barqaror ishlashini ta’minlash hamda aholining xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

🗣 Mas’ullar bilan suhbat davomida ko‘p qavatli uylarni mavsumga tayyorlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi yuzasidan fikr almashildi.

💡 O‘rganishlarda aholi yashash joylarida xavfsiz muhitni shakllantirish, turar joy fondining texnik holatini yaxshilash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish masalalariga ustuvor e’tibor qaratilmoqda.

➡️ O‘rganish ishlari navbatdagi manzillarda davom etmoqda.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4