Новости

Последние новости

#Deputat_faoliyati

Zangiotatuman Kengashining 14-saylov okrugi deputati Z. Nazarov “Nazarbek” mahallasi faollari tomonidan bildirilgan hududdagi chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilmayotgani haqidagi e’tirozlarni o‘rgandi.

O‘rganish davomida hududdagi maishiy chiqindilarni olib chiqishga mas’ul bo‘lgan “Nurli yo‘l marvarid” MCHJ mas’ullariga aholining murojaat va e’tirozlari yetkazildi.

Deputatning sa’y-harakatlari natijasida “Nurli yo‘l marvarid” MCHJ ishchilari tomonidan “Nazarbek” mahallasining Shox ko‘chasida to‘planib qolgan chiqindilar olib chiqib ketildi.

Shuningdek, hududda chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish ishlari deputat tomonidan nazoratga olindi.

Slide 1 of 5