Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengash deputati R.Maxammadiyev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Shopotixov tomonidan Istiqbol mahallasidagi ko‘p qavatli uylar hududi ko‘zdan kechirildi.
🔎 O‘rganish davomida:
— ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’ezdlari) holati;
— yerto‘lalarning sanitariya va texnik holati;
— uylar atrofidagi hududlarning tozaligi va obodonlashtirilishi;
— hudud va kirish yo‘laklarining yoritilishi;
— boshqaruv kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati;
— kuz-qish mavsumida isitish tizimlarining tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
🛠 Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylar hududida tozalik va obodonlashtirishni ta’minlash, yoritish tizimlarini yaxshilash hamda isitish mavsumini barqaror o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.