Новости

Последние новости

Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Muzbel mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
Muzbel mahalla fuqarolar yig‘inida Tuman Kengashi raisi A. Zikryayev tomonidan 24 ta tavsiya asosida mahalladagi mas’ul xodimlar — yoshlar yetakchisi, hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim hamda mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil o‘tkazildi.
O‘rganish davomida berilgan tavsiyalarning ijrosi, aholi murojaatlari bilan ishlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash hamda aholining bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, berilgan tavsiyalar ijrosini ta’minlash va ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 2