Novqa mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati oʼrganildi
Novqa mahalla fuqarolar yigʼinida jinoyatchilikka qarshi kurashish, ayniqsa, “qizil” va “sariq” hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan nazorat-tahlil tadbiri oʼtkazildi.
Nazorat-tahlil jarayonida tuman Kengashi deputati Saidova Xafiza Donaboyevna tomonidan 24 ta tavsiya asosida mahallada jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarga moyil fuqarolar bilan manzilli ishlash, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish hamda hududda xavfsiz muhitni taʼminlash boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “qizil” va “sariq” hududlarda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish va masʼullarning vazifalarini aniq belgilashga alohida eʼtibor qaratildi.