Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi 5-Afrosiyob saylov okrugidan saylangan deputat Radjabova Sabiha Musinovna Afrosiyob, Istiqlol, Oqsaroy, G‘iyosiddin Jamshid, Imom Vose, Muborak hamda Dari Zanjir MFYlarida o‘rganishlar olib boradi.

Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi;
Mahalladagi soliq inspektori tomonidan yuklatilgan vazifalarning bajarilishi holati;
Mahalla ichki ko‘cha yo‘llari, ko‘chalarning tungi yoritilishi, avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar hamda YTHlar ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar;
Aholini bepul beriladigan dori-darmonlar bilan ta’minlash holati;
Bozorlarda aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlarning narx-navosi va yetarliligi holati o‘rganiladi.

Maqsad — mavjud muammolarni joyida aniqlash, aholi murojaatlarini o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi