#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
📌 Maktab rahbariyati bilan ta’lim sifati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov 43-sonli umumta’lim maktabi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuv davomida ta’lim sifati, yoshlarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishi, ta’lim jarayonida mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
🌨 Shuningdek, 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasiga alohida e’tibor qaratilib, maktabda mavsumni betalofat va samarali o‘tkazish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli fikr va takliflar bildirildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube